19 May 2023 yil 349

“Payshanba - Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”

Payshanba – profilaktika kuni munosabati bilan Narpay tumanining Islom shoir, Alisher Navoiy va Farovon mahallalari fuqarolari o‘rtasida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida tuman hokimi hamda tuman IIB boshlig‘i tomonidan zo‘ravon yigitcha otasi tengi insonga qo‘l ko‘targanligi va jabrlanuvchi olgan jarohati tufayli jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilganligi, boshqa bir inson esa uch nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment pulini qasddan to‘lamay qochib yurganligi ta’kidlab o‘tilib, har ikkala holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi tanqidiy muhokama qilindi.

Mahallalar faollari ham o‘z navbatida bu holatlarning kelib chiqish sabablari va oqibatlari yuzasidan fikrlar bildirishdi.

Text to speech