Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Jamoatchilik bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholi murojaatlarini bevosita o‘rganish hamda ularning muammolarini hal etish maqsadida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Toxir Aripov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Qabul jarayonida 50 dan ortiq fuqarolar o‘z murojaatlari bilan ishtirok etdi. Fuqarolar asosan jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibini ta’minlash, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, ichki ishlar organlari xizmatiga ishga kirish, shuningdek, bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan taklif va shikoyatlarini bildirdi.
Boshqarma boshlig‘i har bir murojaatni atroflicha tinglab, qonuniy asosda hal etish choralari ko‘rilishini ta’kidladi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaatlarning ayrimlari joyida hal etildi, ijrosi muddat talab etadiganlari esa nazoratga olinib, mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati