18 Sentyabr 2025 yil
924
Jamoat tartibini saqlash va aholi xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlarni kuchaytirish bo‘yicha xizmatoldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi
Samarqand viloyatida “Xavfsiz hudud – dolzarb 10 kunligi" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida hududlarda jamoat tartibini saqlash, aholi xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi ishlarni kuchaytirishga qaratilgan tungi xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi.
Unda viloyat IIB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbar-xodimlari qatnashib, ular tomonidan tadbir ishtirokchilariga xizmatda foydalaniladigan zarur topshiriqlar berildi.