Respublika ishchi guruhining Samarqanddagi oʻrganishlari davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari, Soliq qo‘mitasi, Bosh prokuratura va uning tuzilmalari rahbarlari, viloyat sektor rahbarlari hamda boshqa mutasaddi idoralar masʼullaridan iborat ishchi guruh Samarqand viloyatida aholi muammolarini aniqlash va hal etish, energetika va oziq-ovqat taʼminoti hamda kriminogen vaziyatga taʼsir etuvchi ijtimoiy-maishiy muammolarni bartaraf etish borasidagi faoliyati olib bormoqda.
Bugun Ichki ishlar vazirining o`rinbosari general-mayor B.Yu. Mirzarahimov Pastdarg`om tumanida bo`ldi.
Vazir o`rinbosari tumandagi ishlab chiqarish korxonalari, umumta`lim maktablari, maktabgacha ta`lim tashkilotlari faoliyatlarini o`rgandi. Shuningdek, tumandagi dehqon bozorida bo`lib, narx-nazo barqarorligini tekshirib, mas`ullarga ko`rsatmalar berdi.
Shundan so`ng aeroportlarda xavfsizlikni ta`minlovchi xarbiy qismda bo`lib xarbiylarga yaratilgan shart-sharoitlarni ko`zdan kechirdi.
Ishchi guruhning o‘rganish ishlari yo‘nalishlarlar bo‘yicha birin ketin amalga oshiriladi va natijalari mutasaddilar ishtirokida keng muhokama qilinadi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati