13 Iyun 2024 yil 1470

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov Narpay va Paxtachi tumani IIB shaxsiy tarkibi bilan jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, xizmat intizomi, qonunchilikni mustahkamlash borasida yig‘ilish o‘tkazdi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov Narpay va Paxtachi tumani IIB shaxsiy tarkibi bilan jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, xizmat intizomi, qonunchilikni mustahkamlash borasida yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda bugun tumanlarning ayrim hududlaridagi jinoyatlarning oshganligi, ularning o‘z vaqtida oldi olinmaganligi tanqid ostiga olindi.

Shuningdek, jinoyat va huquqbuzarliklar, jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash, sodir etilayotgan qonunbuzarliklarga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ham fikr mulohazalar bildirildi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilish so‘ngida boshqarma boshlig‘i tomonidan xodimlarga xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilish borasida kerakli maslahat va tavsiyalar berildi. 

Ayrim rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy choralar qo`llanildi. 

Xizmatida yuqori ko'rsatkichlarga erishgan, korrupsiyaga qarshi murosasiz bo'lgan xodimlar va ota-onalariga minnatdorchilik bildirildi.

Text to speech