19 Sentyabr 2024 yil 492

Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari Pastdarg‘om tumanida o‘rganish ishlarini olib bordi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Xondamir Umarov Pastdarg‘om tumanidagi “qizil toifa”ga kiritilgan mahallalarda o‘rganish ishlarini olib bordi. 

Mahalla yettiligining hududda olib borayotgan ishlari o‘rganildi.

Shuningdek,  aholi bilan muloqot qilib, ularning bu boradagi fikr va mulohazalari tinglandi.

Bundan tashqari, tumanda tashkil etilayotgan saylov uchastkalarida jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan xodimlar bilan suhbatlar o‘tkazib, zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech