15 Fevral 2025 yil
3938
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov huzurida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar faoliyati muhokama qilindi
Muhokamada, mahallalarida oila-turmush doirasida sodir etilayotgan salbiy holatlar, uchrayotgan muammolar tahlil etildi.
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni ijtimoiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, muammolarini o‘rganish va hal etish muhim masala ekanligi ham aytib o‘tildi.
Hududlardagi tinchlik va osoyishtalikni saqlash, ayniqsa mahallalardagi xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, “qizil” toifadagi hududlarni "yashil" hududlarga o‘tkazishda xizmatni namunali tashkil etish borasida ham so‘z yuritildi.
Yig‘ilish so‘ngida ta’kidlab o‘tilgan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.