21 Sentyabr 2020 yil 820

Samarqand bo‘ylab o‘tkazilgan tungi maxsus reyd tadbirida 133 ta huquqbuzarlik aniqlandi

Samarqand shahri hududida tungi vaqtlarda haydovchilar tomonidan qo‘pol qoidabuzarliklar sodir etilishini, yo‘l-transport hodisalarini, shahar ko‘chalari bo‘ylab “poyga” o‘yinlari tashkil qilinishini oldini olish, tegishli ruxsatnomasiz avtomashinani qayta jixozlash, oynalarni qoraytirib olish kabi  yo‘l harakati qoidalarni buzish bilan bog‘liq qoidabuzarliklar sodir etilishini aniqlash maqsadida, Samarqand viloyati IIB YHXB, viloyat IIB Axborot xizmati va Milliy gvardiya hamkorligida 10 ta ishchi guruhlar tuzilib, tungi vaqtlarda har kuni soat 20.00 dan tungi 03.00 ga qadar nazorat va reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Mazkur tashkil etilgan guruhlar tomonidan joriy yilning 20-21 sentyabr kuni o‘tkazilgan “Avtopatrulmaxsus reyd tadbirlari davomida 133 ta maʼmuriy huquqbuzarlik holati aniqlandi.

Shulardan:

2 ta
haydovchilar tomonidan spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holda transport vositasini boshqarish, 3 ta haydovchilar tomonidan davlat raqam belgisini o‘zboshimchalik bilan yechib olgan holda transport vositasini boshqarish, 1 ta haydovchilar tomonidan transport vositasiga ruxsatsiz tovush chiqaruvchi qurilmalar o‘rnatish, 24 ta holatda haydovchilar tomonidan tegishli hujjatlarsiz va sug‘urta polisisiz transport vositasini boshqarish, 2 ta haydovchilar tomonidan tegishli ruxsatnomasiz transport vositasining old va yon oynalarini qoraytirib olib boshqarish, 18 ta haydovchilar tomonidan svetofor ishoralariga amal qilmagan holda transport vositasini boshqarish, 83 ta haydovchilar tomonidan boshqa turdagi qoidabuzarliklarni sodir etilganligi aniqlandi.

Shuningdek, o‘tkazilgan tadbirlar davomida 35 ta avtotransport vositalari jarima maydonchasiga qo‘yildi.

Yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan bu kabi tadbirlar Samarqand bo‘ylab davom etmoqda.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech