6 Yanvar 2025 yil 2087

Samarqand viloyati IIB boshligʻining o‘rinbosari podpolkovnik Umid Utayev tomonidan Payariq tumanida o‘rganishlar olib borildi

O‘rganishlar davomida tuman
IIB 2-son Ichki ishlar bo‘linmasi
xodimlari uchun qurilayotgan
yangi ma’muriy binoda amalga
oshirilayotgan ishlar bilan tanishib,
o‘zining ko‘rsatma va tavsiyalarini berdi.

Shundan so‘ng,  tumanning
Choshtepa va Oqqurg‘on mahallarida
 xizmat olib borayotgan profilaktika
inspektorlarining  xizmat uyi va
xizmat xonalari o‘rganilib,
xodimlarga kelgusi faoliyatida zarur
bo‘lgan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan
kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan
mas’llarga topshiriqlar berilib, ijrosi
nazoratga olindi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati 


Text to speech