17 Aprel 2025 yil
1280
Samarqand tumanining Gulobod va Parrandachilik mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yuzasidan o‘rganishlar olib borildi
"2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ 1-son Qarorga asosan, tuman IIB boshlig‘i tomonidan tumanning kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan Gulobod va Parrandachilik mahallalarida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasining ijrosi o'rganilib, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, qarorda keltirilgan vazifalar ijrosi yuzasidan mahalla yettiliginnig hisoboti tinglanib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq chora-tadbirlar belgilab berildi.