12 Yanvar 2022 yil 838

Samarqand viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati rahbari tomonidan Urgut tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va davlat idoralarining aholiga xizmat koʻrsatish faoliyati oʻrganildi

Samarqand viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi polkovnik A.X.Xalimov tomonidan Urgut tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va davlat idoralarining aholiga xizmat koʻrsatish faoliyati oʻrganildi.

Oʻrganishlar davomida Urgut tumani IIB sohaviy xizmat rahbarlariga tuman xududida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish, shuningdek fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni oʻz vaqtida qonuniy hal qilish, ijtimoiy siyosiy vaziyatdan kelib chiqib chora-tadbirlar belgilash yuzasidan yoʻriqnoma oʻtkazildi.

Shuningdek, Urgut shahridagi “Dehqon bozori”da karantin qoidalariga amal qilinishi, aholi uchun arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etilganligi oʻrganilib, narx-navoni barqaror saqlash, aholiga mahsulotlarni xamyonbob narxlarda otish boʻyicha masʼullarga koʻrsatmalar berildi.

Bundan tashqari, tumanning Mergancha mahalla fuqarolar yigʻini xududidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabdagi inspektor psixolog faoliyati bilan tanishib, maktab oʻqituvchilariga kelgusida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish yuzasidan tushunchalar berildi.

Shundan soʻng, tumanning “Kamangaron” MFY binosi va 957-sonli Tayanch punktida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektori mayor S.Marupovning xizmat faoliyati oʻrganildi. Profilaktika inspektori S.Marupovning ish yurituvida boʻlgan xujjatlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Oʻrganishlar davomida tuman Tibbiyot birlashmasining faoliyati, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va Tibbiyot birlashmasida davolanayotgan fuqarolar bilan suhbat oʻtkazilib, birlashmada tashkil etilgan “Xushyorxona” faoliyati oʻrganildi.

Oʻrganishlar yakunida tumanning “Navbogʻ” mahallasida qurilayotgan kup qavatli uylarni qurishda ishlayotgan ishchilar bilan suhbat qilinib, xavfsizlik choralariga rioya qilish, suyiltirilgan gaz ballonlaridan toʻgʻri foydalanish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Samarqand viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati

Text to speech