Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlar ishtirokida sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining joriy yilning 6 oy yakuniga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari shaxsiy tarkibi ishtirokida joriy yilning 6 oylik ish yakunlari va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi. Yig‘ilishni viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik M.Raxmatullayev ochib, joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.
Yig‘ilishda shahar va tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmalari boshliqlarining hisobotlari tinglandi. Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilish davomida, har bir tergovchi va surishtiruvchilarning ish faoliyati tahlil qilinib, natijalariga ko‘ra, namunali xizmat qilib kelayotgan bir guruh tergovchi va surishtiruvchilar rag‘batlantirildi.
Namunali xodimlar Samarqand viloyat IIB boshlig‘i polkovnik R.T.Mamatovning tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Shuningdek, bir guruh xodimlarning ota-onalariga viloyat IIB boshlig‘ining tashakkurnomalari hamda viloyati IIB boshlig‘ining buyrug‘i bilan pul mablag‘lari hisobidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, xodimlarning ish sharoitlarini yaxshilash maqsadida xizmatda foydalaniladigan zaruriy idora ashyolari bilan ta’minlandi.