26 Fevral 2024 yil 1510

Samarqand viloyat prokuraturasida mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish hamda profilaktik tadbirlarni yanada jadallashtirish, bunda mahalla yettiligining rolini aniq belgilashga qaratilgan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Samarqand viloyat prokuraturasida mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish hamda profilaktik tadbirlarni yanada jadallashtirish, bunda mahalla yettiligining rolini aniq belgilashga qaratilgan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi, tegishli boshqarma va idoralar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat prokuraturasi organlari boshchiligida “qizil” toifadagi mahallalarni ijobiy toifaga o‘tkazish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

 Bugungi kunda viloyatdagi 1126 mahalladan 13 tasi “qizil” toifaga kiritilgan,  dedi viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari Sarvar Bozarov.  Joriy yilning yanvar oyida viloyat prokuraturasi tomonidan ishlab chiqilgan tizim asosida “qizil” toifadagi mahalla “sariq” toifaga o‘tdi. Bu natijaga erishish uchun faol mehnat qilgan mahalla “yettiligi”ni har chorak yakuni bilan rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, barcha tuman va shaharlardagi mahallalarga bosh prokuror tahriri ostida chop etilgan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda jamoat xavfsizligini ta’minlash tartibi” o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi yetkazib berildi. Endilikda viloyatimizdagi barcha mahallarda ana shu tizim yo‘lga qo‘yiladi va “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida xavfsiz muhitni yaratishni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli konsepsiya hayotga tatbiq etiladi. Unda mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, soliq xodimi hamda ijtimoiy xodimning mahallalarda huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan ishlash borasidagi vazifalari aniq belgilab berilgan.

Yig‘ilishda ushbu yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar, yangi mexanizmni amaliyotga tatbiq etishda prokuratura, ichki ishlar boshqarmasi, hokimliklar, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi, soliq, oila va xotin-qizlar, kambag‘alikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish, yoshlar ishlari agentligi va ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmalari va ularning quyi tuzilmalarining vazifalari belgilab olindi.

Shuningdek, tadbirda joriy yilning yanvar oyida viloyatda ayollar jinoyatchiligi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30 foizga (43/56) oshganlgi qayd etilib, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligi tanqidiy muhokama qilindi. Negaki, jinoyat sodir etgan 44 nafar xotin-qizlar bandligi bo‘yicha tahlil qilinganida, 21 nafari uy bekasi hamda 23 nafari bandligi ta’minlanganligi ma’lum bo‘ldi.

Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar yuzasidan mutasaddilar tomonidan taklif va tavsiyalar bildirildi hamda mahallalarda xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.Samarqand viloyat prokuraturasida mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish hamda profilaktik tadbirlarni yanada jadallashtirish, bunda mahalla yettiligining rolini aniq belgilashga qaratilgan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdSamarqand viloyat prokuraturasida mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish hamda profilaktik tadbirlarni yanada jadallashtirish, bunda mahalla yettiligining rolini aniq belgilashga qaratilgan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘td

Text to speech