5 Iyul 2025 yil 179

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi

“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida mutaxassislar tomonidan mavzuga oid ma’lumotlar hamda rahbariyat tomonidan e’lon va yangiliklar xodimlar e’tiboriga yetkazildi.  

Shuningdek, yangi qabul qilingan sohaga oid normativ-huquqiy va ichki idoraviy hujjatlar bo‘yicha soha mutaxassislari tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Dars yakunida,navbatdagi maxsus unvon olgan xodimlarga unvonlar topshirilib, yangi lavozimga tayinlangan xodimlar shaxsiy tarkibga tanishtirildi.


Text to speech