19 Fevral 2025 yil 3630

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov huzurida tezkor yig‘ilish o‘tkazildi

Unda viloyat ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilishi, belgilangan tartib va me’yorlarga qat’iy rioya etilishini doimiy ravishda nazoratga olish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shuningdek, hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish bo‘yicha masu’llarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Har bir mahallada ishlab chiqilgan yo‘l xaritalarida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli ijro etishga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda keltirib o‘tilgan masalalar yuzasidan aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.


Text to speech