Samarqand viloyati IIB boshlig‘i, viloyat 3-sektor rahbari polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan Urgut tumani Mo‘minobod mahallasida “Obod xonadon–obod ko‘cha–obod mahalla” tamoyillari asosida olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi
Ushbu tamoyilning asosiy maqsadi – mahalla aholisining turmush sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududda obodlikni ta’minlashdir. Har bir xonadonning obodligi va farovonligi, o‘z navbatida, ko‘cha va mahallaning obodligini ta’minlaydi. Shu maqsadda, mahallalarda uy-joylar ta’mirlanishi, ko‘chalar va jamoat joylarida yoritish tizimi yaxshilanishi, shuningdek, yashash muhitini ijtimoiy va ekologik jihatdan sog‘lomlashtirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, polkovnik Mamatov mas’ullarga ushbu ishlarni tezkorlik bilan amalga oshirish, fuqarolar bilan yaqindan ishlash va barcha tashkiliy ishlarni samarali koordinatsiya qilish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi. Shu bilan birga, mahalla aholisi o‘rtasida madaniy va ijtimoiy faollikni oshirish, fuqarolarni o‘z hududlarida xavfsizlikni ta’minlashga jalb qilish muhim vazifalardan biri sifatida belgilandi.
Mazkur topshiriqlar ijrosi bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhi va mutasaddi tashkilotlar tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.