11 May 2024 yil 1227

Samarqand viloyatida uyushmagan yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida qilinayotgan ishlar va ularning natijalari yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Samarqand viloyatida uyushmagan yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida qilinayotgan ishlar va ularning natijalari yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i Abdug‘ofur Axmedov, viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov, viloyat hokimi o‘rinbosari Husan To‘xtaev hamda viloyat prokurori birinchi o‘rinbosari Sarvar Bozorov, shuningdek, viloyat korxona tashkilot rahbarlari, OTM rektorlari, mahalla mutasaddilari, huquq tartibot idoralari vakilllari ishtirok etishdi.

Tadbirda Vazirlar Mahkamasining 468-sonli Qarori doirasida yoshlarga biriktirilgan rahbarlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar xususida so‘z yuritilib, hududlarda bu borada amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, zaruriy chora-tadbirlar belgilandi.

 

Text to speech