17 Fevral 2023 yil 519

Samarqandda 1 million dollarga radioaktiv qurilma sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo`limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda radioaktiv va zaharli qurilmalarni sotish bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi.

Andijon viloyatida tug‘ilgan, muqaddam JKning bir necha moddalari bilan sudlangan M.S., andijonlik sherigi R.S. hamda Samarqand shahrida yashovchi fuqaro J.O. o‘zaro til biriktirgan holda jinoiy guruh tuzib, mo‘may daromad topishni rejalashtirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, R.S. jinoiy sherigi M.S.ning taklifiga ko‘ra, Andijon viloyatidagi tanishidan go‘yoki harbiy maqsadda foydalaniladigan radioaktiv va zaharli qurilmalarni Samarqand shahriga olib kelib, ishonchli xaridor topilguniga qadar Samarqand shahridagi mehmonxonalardan birida yashab kelgan.

Keyinchalik, M.S. Samarqand shahridagi tanishi J.O. orqali mazkur moslamalarni umumiy hisobda 1 million AQSh dollari evaziga mahalliy fuqaroga sotishga kelishib, oldindan 200 000 AQSh dollari so‘ragan. Bu shaxslar ichida 1 kg simob moddasi bo‘lgan qo‘lbola usuldagi qurilmani 200 000 AQSh dollari evaziga mahalliy fuqaroga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech