27 Fevral 2023 yil 423

Samarqand “Ayol - mehr-sadoqat va taraqqiyot timsoli” shiori ostidagi xotin-qizlar II-Respublika forumiga mezbonlik qilmoqda

Samarqandda “Ayol - mehr-sadoqat va taraqqiyot timsoli” shiori ostida xotin-qizlar II-Respublika forumi oʻtkazilmoqda.

Joriy yilning 27-28-fevral kunlari Samarqandda “Ayol- mehr-sadoqat va taraqqiyot timsoli” shiori ostida xotin-qizlar II-Respublika forumi oʻtkaziladi. Ichki ishlar organlari tizimida faoliyat olib borayotgan xotin- qizlar Samarqand Temir yoʻl vokzalida tantanali kutib olindi.

Forum kun tartibida belgilangan “ Fidoyi ayol xodima”, “ Eng yaxshi ayol xodima”, “Zakovat” intellektual koʻrik-tanlovi hamda shaxmat musobaqalari boʻlib oʻtdi.

Musobaqalarning birinchi kunida viloyat "Yoshlar markazi"da "Zakovat" bilimdonlar bellashuvi o'tkazildi. Unda 18 ta jamoa o'zaro bellashib, aqliy salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Tanlov shatlariga ko`ra uchinchi o'rin Jizzax, ikkinchi o'rin Toshkent viloyatiga, birinchi o‘rin Namangan viloyati IIB xodimalariga nasib etdi.

Samarqand shahridagi Pushkin nomli viloyat axborot-resurs markazida “Eng yaxshi kitobxon xodima” koʻrik-tanlovi o`tkazildi. Unda ishtirokchilarning badiiy adabiyot, mutolaa bilan oshnoligi, aqliy bilim va intellektual salohiyati sinovdan oʻtkazildi. Tanlov yakuniga ko`ra uchinchi o'rinni Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta`minlash bo`linmasi, ikkinchi o'rinni Toshkent shahar IIBB hamda birinchi o‘rinni IIV markaziy apparatidan xodimalari qo`lga kiritishdi.

Samarqand shahridagi “Grand Sogdiana” mehmonxonasida ishtirokchilar shaxmat musobaqalarida dona surishdi. Murosasiz o`tgan bahslarda uchinchi o'rin IIV markaziy apparati, ikkinchi o'rin Toshkent shahar IIBB va birinchi o‘rin Namangan viloyati IIBga nasib etdi.

Forum kun tartibida belgilangan eng murakkab va mas`uliyatli bellashuv bu “Fidoyi ayol xodima” koʻrik-tanlovi hisoblanadi.
Unda ishtirokchilar turli shartlar boʻyicha mahorat va koʻnikmalarini namoyon etishdi.

Birinchi shartda 1000 metrga yugurish, kuch bilan bajariladigan mashqlar xodimalarning jismoniy tayyorgarligini aniqlagan bo`lsa, Makarov to`pponchasini noto`liq qismlarga ajratish va yig`ish, o'q otish hamda kasbiy tayyorgarlik bo`yicha test sinovlarini ularning kasbiy tayyorgarligini sinovdan o`tkazdi.

Taqdirlash marosimlari 28-fevral o`tkaziladi.

Text to speech