Samarqandda shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash borasidagi uchrashuvlar oʻtkazilmoqda. Navbatdagi uchrashuv Nurobod va Pastdarg`om tuman IIB xodimlari va ularning ota-onalari bilan boʻlib oʻtdi.
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining Farmoyishiga asosan xodimlar hamda ularning ota-onalari bilan shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomini yanada mustahkamlash masalalariga bagʻishlangan uchrashuvlar oʻtkazilib kelinayotganligi haqida xabar bergan edik.
16-noyabr kuni shu masalaga bagʻishlangan navbatdagi uchrashuv Pastdagʻom va Nurobod tuman IIBlarida tashkil etildi.
Unda Samarqand viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari polkovnik Faxriddin Raxmatov, hamda, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Elyor Majidovlar viloyat ichki ishlar organlarida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash boʻyicha yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklar ota-onalar va shaxsiy tarkib eʼtiboriga aniq misollar bilan yetkazishdi.
Uchrashuvlar davomida xodimlar oʻrtasida korrupsiya va boshqa qonunbuzilishi holatlari tahlil etilib, salbiy holatlarni yuzaga keltiruvchi shart-sharoitlar va omillar chuqur oʻrganilmoqda.
Yigʻilishda ishtirok etgan faxriylar kengashi aʼzolari bilan shaxsiy tarkibni nazorat kilish va tarbiyalash buyicha xamkorlikdagi ishlar muhokama etilib, salbiy tavsiflanuvchi xodimlarga, IIOlarida kup yillar xizmat kilib, nafaqaga chiqqan faxriylar murabbiy sifatida biriktirildi.
Yigʻilishda xizmatiga masʼuliyatsizlik bilan yondoshayotgan xodimlar, ota-onasi va shaxsiy tarkib ishtirokida muhokama qilindi.
Tadbir ishtirokchilariga xizmatda yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklari uchun tizimdan boʻshatilgan xodimlarning harakatlari aks etgan videolavha namoyish etildi.
Tadbirlar davomida oʻz xizmat vazifalariga vijdonan yondashib, halol xizmat qilayotgan jonkuyar xodimlar boshqarma boshligʻining tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Ularning ota-onalariga minnatdorchilik eʼlon qilinib, barchaga ibrat sifatida koʻrsatildi.
Bundan tashqari, uchrashuvlar xodimlarni xizmatga sadoqat, ona vatanga muxabbat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etuvchi “Oʻzbekistonda jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash tarixi” kitobining taqdimoti ham oʻtkazilmoqda.
Bu tadbirlar Samarqand viloyatining boshqa hududlarida ham davom etmoqda.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati