14 Dekabr 2021 yil
591
Samarqand shahrida YPX xodimlari tomonidan qidiruvdagi shaxs ushlandi
2021 yil 13 dekabr kuni Samarqand shahrida YPX xodimlarining xizmati mobaynida qidiruvdagi shaxs ushlandi.
Tekshiruvlar davomida Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi bilan ayblanib, joriy yil 27 noyabr kunidan buyon qidiruvda bo‘lgan, 1983 yilda tug‘ilgan D.X. ushlangan.
Fuqaroning qidiruvdaligi planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirish jarayonida ma’lum bo‘lgan.