8 Mart 2023 yil 549

Samarqand viloyat Ichki ishlar organlarida 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami nishonlandi

AYOL – EʼZOZGA LOYIQ ZOT

Samarqand viloyat Ichki ishlar organlarida 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami nishonlandi.

Mamlakatimiz ijtimoiy – siyosiy hayotining barcha sohalarida boʻlgani kabi ichki ishlar organlari tizimida ham minglab opa–singillarimiz samarali mehnat qilishmoqda.

Ular biz bilan bir safda el – yurt tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olishda chinakam jasorat namunasini koʻrsatib kelmoqdalar.

Oʻzbekitson Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlarida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi farmoyishining ijrosini taʼminlash maqsadida Samarqand viloyati ichki ishlar organlarida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramini oʻtkazildi.

Tadbirda viloyat Ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan xodimalar, xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok boʻlgan xodimlarning oila azolari hamda IIO faxriylar taklif etilib bayram dasturxoni yozildi.

Xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishib kelayotgan xodimalar orasidan Ichki ishlar vaziri hamda boshqarma boshligining buyrugʻiga asosan bir guruh xotin-qizlar taqdirlanishdi.

Text to speech