17 Aprel 2022 yil 778

Samarqand viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari Toʻrt tom mahallasida oʻrganish ishlarini olib bordi

Samarqand viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari polkovnik Muzaffar Raxmatullayev tomonidan Pastdargʻom tumanining Toʻrt tom mahallasida oʻrganish ishlarini olib borildi.

Pastdargʻom tumanining Toʻrt tom mahallasida oʻtgan 2021-yilda jinoyatlar koʻp sodir etilganligi uchun qizil toifadagi hududga kiritilgan edi. Mahallani jinoyatdan holi hududga aylantirish maqsadida bu yerda manzilli ishlar amalga oshirildi. Xususan hududdagi ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash choralari koʻrildi. Jinoyat sodir etishga moyilligi boʻlgan shaxslar toifalarga ajratilib, ular bilan yakka tartibda profilaktik ishlar olib borildi. Spirtli ichimliklarga ruju qoʻygan shaxslar tibbiy davolanish muassasalariga yuborildi. Shu va boshqa bu kabi tadbirlarning oʻtkazilishi natijasida bugun ushbu mahallada joriy yil boshidan buyon umuman jinoyat sodir etilmagan boʻlib, yashil toifadagi hududlar qatoriga qoʻshildi.

Samarqand viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari polkovnik Muzaffar Raxmatullayev Toʻrt tom mahallasiga borib, mahalla raisi, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchilari bilan birgalikda xonadonma-xonadon yurib fukarolarning ijtimoiy ahvoli, shart-sharoitlari va tomorqalaridan foydalanishlarini oʻrgandi hamda ularga zaruriy koʻmaklar koʻrsatildi.

Shuningdek, mahalla faollari va fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaatlari oʻrganildi. Hududda yangi qurilayotgan maktab binosiga borilib, ish jarayonlari koʻzdan kechirildi.

Bundan tashqari, hudud profilaktika inspektori faoliyati tekshirildi hamda xizmat uyiga borilib, yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishildi.

Text to speech