13 Dekabr 2022 yil 498

Samarqand viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari Toyloq hamda Nurobod tumanlarida oʻrganish ishlarini olib bordi

Samarqand viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari polkovnik Muzaffar Rahmatullayev tomonidan Toyloq hamda Nurobod tumani IIB laridagi <> bazasidan roʻyhatdan oʻtgan materiallar, soʻroqxona, ashyoviy dalillarni saqlash xonasi hamda xodimlarning ish faoliyatlari, xizmat xonalari ahvoli va sharoitlari oʻrganildi.

Tergovchi va surishtiruvchilarni ish yurituvidagi jinoyat ishlari va materiallari koʻrib chiqilib, tegishli koʻrsatmalar berildi.

Bundan tashqari, IIVning buyruqlari talabi asosida xodimlarning yashash xonadonlariga borilib, yaqin qarindoshlari bilan suhbatlar oʻtkazilib, oilaviy ahvoli va muammolari oʻrganildi.

Oʻrganishlar soʻngida, joriy yilda ogʻir jinoyatlar sodir etilgan tumanlardagi MFYlarga borilib, mahalla faollari bilan ishtirokida, kelgusida jinoyatlarni oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.

Text to speech