Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari Urgut tumanida o`rganish olib bordi
Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Muzaffar Rahmatullayev Urgut tumani IIB shaxsiy tarkibi bilan konunchilik va ijro intizomi bo‘yicha yig‘ilish
o‘tkazdi. Yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tdi hamda yakuni bo‘yicha tumanda YTHlarni oldini olish bo‘yicha 6 ta ko‘chma svetofor va 2 ta onlayn radarlar o‘rnatish belgilandi.
Shundan so‘ng, tuman IIBdagi E-material bazasidan ro‘yhatdan o‘tgan materiallar, so‘roqxona, ashyoviy dalillarni saqlash xonasi hamda xodimlarning ish faoliyatlari,
xizmat xonalari ahvoli va sharoitlari o‘rganildi.
Tergovchi va surishtiruvchilarni ish yurituvidagi jinoyat ishlari va materiallari ko‘rib chiqilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Bundan tashqari, IIVning buyruqlari talabi asosida xodimlarning yashash xonadonlariga borilib, yaqin qarindoshlari bilan suhbatlar o‘tkazilib, oilaviy ahvoli va
muammolari o‘rganildi.
O‘rganishlar so‘ngida, qizil hududga tushgan, joriy yilda og‘ir jinoyatlar sodir etilgan tumanning MFYga borilib, mahalla faollari bilan ishtirokida, kelgusida jinoyatlarni
oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.