3 Avgust 2021 yil 788

Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan “opiy” hamda “geroin” savdosiga chek qo‘yildi

2021 yil 28 iyul kuni Samarqand viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Urgut tumani Jartepa mahallasi hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Urgut tumani “Mirzabog‘lon Chep” mahallasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan E.Yo., 6.000.000 (olti million) so‘m pullar evaziga G. ismli ayolga 35 gramm miqdoridagi “opiy” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Olib borilgan surishtiruvlar natijasida E.Yo. ushbu giyohvand moddasini “Quyi qishloq” qishlog‘ida yashovchi 1975 y.t. M.T. dan olganligi aniqlanib, ushbu shaxsning yashash manziliga borilganida, turmush o‘rtog‘i 1974 y.t. S.G. ning yonidan “geroin” moddasi topilib hujjatlashtirildi.

Holat yuzasidan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech