Samarqandda giyohvand moddalari savdosiga chek qoʻyildi
Samarqand viloyati IIB Terrorizm va estremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand shahar Xoʻjasoat MFY hududida tezkor tadbir oʻtkazilib, 1955-yilda tugʻilgan A.T., B.B. ismli shaxsga 6 dona selofan boʻlagiga qadoqlangan, “opiy” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, A.T.ning yoni koʻzdan kechirilganida choʻntagidan qogʻozga qadoqlangan “marixuana” giyohvandlik vositasi va 1 dona “REGAPIN” psixotrop vositasi borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olindi.
Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida ushbu shaxs “opiy” giyohvandlik vositasini tanishi T.Sh. dan olganligi aniqlanib, ushbu shaxsning avtomashinasi Samarqand shahri hududida toʻxtatilib tekshirilganida, avtomashinaning old oʻrindiqlari tagidan tadbirda ishlatilgan pullar borligi aniqlandi va hujjatlashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergvo boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati