Samarqandda voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlar bilan oʻquv seminar mashgʻulotlari tashkil etildi
Samarqand viloyatidagi barcha shahar-tuman ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi voyaga yetmaganlar bilan ishlash guruhi voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlari bilan oʻquv seminar mashgʻulotlari tashkil etildi.
Oʻquv seminar mashgʻulotiga viloyat hokimligi, viloyat Xalq taʼlim boshqarmasi masʼul xodimlari taklif etildi.
Seminarda bugungi kunda umumtaʼlim maktablarida xizmat olib borayotgan voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021-yil 3-avgust kunidagi “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 490-sonli qarori ijrosi yuzasidan qarovsiz va nazoratsiz yurgan voyaga yetmaganlarni aniqlash, ijtimoiy ogʻir axvolda qolgan voyaga yetmaganlarni yashash joylarida oʻrganish va ijtimoiy huquqiy hamda psixologik yordamlar koʻrsatish ishlarini tashkil etishdagi hamkorlik masalalari, shuningdek, voyaga yetmaganlar bilan ishlashda yuzaga kelayotgan muammoli masalalar muhokama qilinib, ularni hal etishda Xorazm tajribasi asosida ishlarni tashkil etish hamda inspektor-psixologlar tomonidan oʻqituvchi pedagoglar bilan hamkorlikda makablarda tarbiyasi ogʻir, maktab ichki nazoratida turgan, profilaktik hisobda turgan voyaga yetmaganlar bilan muntazam yakka tartibda profilaktik va psixologik suhbatlar oʻtkazib borishlari, shuningdek, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasiga bevosita boʻysinuvchi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʻrsatish Markazdan ota-onasi yoki ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaxslarga topshirilgan voyaga yetmaganlar bilan yashash joylarida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan profilaktik chora-tadbirlar, bunday voyaga yetmaganlarning oilasini oʻrganib borish va yordam koʻrsatish masalalarida fikr almashilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar belgilab olindi.