Samarqand shahrida sintetik hamda psixotrop giyohvandlik moddalari savdosi bilan onlayn tarzda shug‘illanuvchi guruh a’zolaridan biri ushlandi
Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 5son profilaktika katta inspektori mayor Mansur Saidmurodov o‘zining mamuriy hududida tungi
xizmatni olib borayotgan vaqtida, Samarqand shahar Sug‘diyona maskani Sug‘diyona mahallasidagi uylarga qizil rangli bo‘yoq bilan
sintetik hamda psixotrop giyohvandlik moddalari savdosi bilan shug‘illanuvchi sayt nomini belgilab, chizayotgan shaxs ushlanib, IIB
binosiga olib kelingan.
Ushbu shaxsning kimligiga oydinlik kiritilganida Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida yashovchi, 2002 yilda
tug‘ilgan Dj.A. ekanligi aniqlanib, uning yonidan sintetik hamda psixotrop giyohvandlik moddalari savdosi bilan shug‘illanuvchi sayt
ilovasini аniq manzillar bo‘ylab yozib chiqish koordinatasi, giyohvandlik psixotrop moddalari onlayn elektron to‘lovlari aniqlangan.
Qo‘shimcha tezkor surishtiruv ishlar natijasida Toshkent shaxrida yashovchi shaxslar jami 4 kishi bo‘lib, 2022 yil 16 iyun kuni Samarqand
shahriga noqonuniy giyohvandlik sintetik hamda psixotrop giyohvandlik moddalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi sayt nomini tarqatish
uchun Samarqandga kelganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda ushbu guruhning qolgan ishtirokchilarini aniqlash bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati