30 Dekabr 2023 yil 1759

Sektor rahbarlari bozordagi narx-navo holatni o‘rgandi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i R.Mamatov, DXX viloyat boshqarmasi boshlig‘i A.Ahmedov, viloyat prokurori M.Eshnazarov Samarqand shahridagi “Siyob” dehqon bozorida yangi yil arafasida tashkil etilgan "Arzonlashtirilgan yarmarkalar"dagi narx-navo bilan tanishdi.


O‘rganishlar davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxini sun’iy tarzda oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, mahsulotlar sifatini nazorat qilish, bozor atrofida tirbandliklar va aholiga noqulayliklar tug‘ilmasligi uchun zaruriy choralarni ko‘rish, sanitariya qoidalari, yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy amal qilish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Joylarda kuzatilgan kamchiliklar tartibga olindi.

BU boradagi o‘rganishlar boshqa hududlarda davom etmoqda.

Text to speech