11 Sentyabr 2021 yil 850

“Siyob” dehqon bozorida joy talashib, janjal qilgan sotuvchilarning harakatlariga qonuniy baho berildi

2021 yil 05 sentyabr kuni Samarqand shahar “Siyob” dehqon bozorida savdo qiluvchi sotuvchilar savdo joyiga talashib, ular o‘rtasida kelishmovchilik sodir bo‘lganligi, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

10 sentyabr kuni ushbu holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida ko‘rib chiqildi.

Sud qaroriga asosan, fuqarolar N.Nafisa hamda U.Nigoralar O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi va 52-moddasining 2-qisimida ko‘rsatilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, ularga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 3 (uch) baravari jazosi tayinlandi.

Fuqarolar A.Nodirjon hamda I.Raveljonlar O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasida ko‘rsatilgay maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, ularga nisbatan 15 (o‘n besh) sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Voyaga yetmagan A.Diyorjonning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik mavjudligi, ammo u javobgarlik yoshiga yetmaganligi sababli, uning qonuniy vakili otasi N.Nurulloga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun Samarqand shahar Voyaga yetmaganlar bo‘yicha idoralararo komissiyasiga yuborildi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech