15 Mart 2023 yil 1011

Taʼmagirlik yoʻli bilan boylik orttirmoqchi boʻlganlar qoʻlga olindi

Payariq tumani “Javshar ota” MFY hududida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Unda Payariq tumanida yashovchi, 1957-yilda tugʻilgan fuqaro R.R. 1993-yilda tugʻilgan mahalliy fuqaro E.E.ga masʼul idoralarda faoliyat yurituvchi “qoʻli uzun tanishlari” orqali qisqa fursatda, “ortiqcha sarsongarchiliklarsiz” haydovchilik guvohnomasini olib berishni vaʼda qilib, buning evaziga 500 AQSH dollari talab qilganligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro R.R. soʻralgan mablagʻning muayyan qismini, yaʼni 300 AQSH dollarini taʼmagirlik yoʻli bilan olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Xuddi shunday tezkor tadbirlardan yana biri Kattaqoʻrgʻon tumanida oʻtkazilib, Kattaqoʻrgʻon shahar TBning Tugʻruq-reanimatsiya boʻlimi ishchisi S.R. birlashma bosh shifokori oʻrinbosari L.X. yordamida fuqaro L.E. ni Oilaviy poliklinikaga xoʻjalik bekasi vazifasiga ishga kiritishni vaʼda qilib, evaziga undan 500 AQSH dollari olayotgan vaqtida qoʻlga olindi.

Hozirda har ikkala holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech