Tergov boshqarmasi hamda uning quyi boʼlinmalari tomonidan oʼtgan 2024-yilning oʼtgan davri davomida amalga oshirilgan ishlar va yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar tahliliga bagʼishlangan yigʼilish oʼtkazildi
Samarqand viloyati IIB boshligʼi oʼrinbosari polkovnik M.T.Raxmatullaev raisligida Tergov boshqarmasi hamda uning quyi boʼlinmalari tomonidan oʼtgan 2024-yilning oʼtgan davri davomida amalga oshirilgan ishlar va yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar tahliliga bagʼishlangan yigʼilish oʼtkazildi.
Yigʼilishda xodimlarning xizmat faoliyati davomida yerishgan ijobiy natijalari hamda xizmat faoliyati davomida yoʼl qoʼygan xato va kamchiliklari tanqidiy muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida tergov sifatini yanada oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Yigʼilish yakunida ijobiy koʼrsatkichlarga yerishib, hamkasblariga oʼrnak boʼlib kelayotgan korruptsiyaga qarshi kurashishda oʼzining xissasini qoʼshgan tergovchi va surishtiruvchilar taqdirlandi.
Bundan tashqari, yigʼilish davomida har bir shahar-tuman IIB huzuridagi tergov boʼlimi va boʼlinmalari xodimlari uchun kompyuter jamlanmalari, printerlar, televizor va boshqa zaruriy texnika vositalari topshirildi.