29 Yanvar 2024 yil 639

Tergovchilar bilan o‘quv seminar mashg‘uloti o‘tkazildi

Samarqand viloyati IIBda IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati ishtirokida “Voyaga yetmagan (jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi)lar bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish amaliyoti, mazkur turdagi jinoyatlarni tergov qilishda yo‘l quyilayotgan xato va kamchiliklar” mavzusi bo‘yicha o‘quv seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Oʻquv seminar mashgʻuloti  savol-javob shaklida davom ettirilib, qizgʻin muhokamalar bilan oʻtkazildi.

Shuningdek, Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi o‘qituvchi-professorlari tomonidan amaliyotda vujudga kelayotgan psixologik muammolar va ularni oldini olish to‘g‘risida fikrlar bildirildi.

Text to speech