Tezkor xodimlar Qo‘shrabot, Samarqand tumanlari hamda Samarqand shahrida qator tovlamachilik holatlariga chek qo‘yishdi
Yaqinda Samarqand viloyati IIB TQX JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi
xodimlari tomonidan bir nechta tovlamachilik jinoyatlari fosh etildi.
Qo‘shrabotlik 30 yoshli shaxs hali turmushga chiqmagan 20 yoshlardagi qiz
bilan yaqin munosabatda bo‘lgan. U ham yetmagandek o‘sha vaziyatni g‘arazli niyatda
video tasvirga olgan va oradan vaqt o‘tib munosabatlar yomonlashganligi sababli
ushbu tasvirlarni tarqatish bilan qo‘rqitib, undan tovlamachilik yo‘li bilan dastlab
800 000 so‘m pul hamda yangi qo‘l telefoni olgan.
“O‘rgangan ko‘ngil – o‘rtansa qo‘ymas” deganlaridek, o‘sha shaxs qizdan
yana tovlamachilik yo‘li bilan 1000 AQSh dollari miqdorida pul talab qilgan. Holat
yuzasidan 2024-yil 14-may kuni Samarqand shahar Rudakiy ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tovlamachi
arizachidan 1 mln 200 ming so‘m pullarni olayotgan vaqtida
daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.
Navbatdagi tadbirda ham tovlamachilik qilganlar ushlandi. Bir tashkilotda
ishlovchi bo‘lim boshlig‘i rahbar kotibasi bilan ishqiy munosabat bo‘lib kelgan.
Joriy yilning may oyida ikkalasi bir manzilda uchrashayotgan vaqtda kotibaning boshqa
sevgilisi holatning ustiga kelib qoladi va ularni videotasvirga oladi. 10 ming AQSh
dollari bermasa tasvirlarni tarqatish bilan qo‘rqitadi.
Tovlamachilar dastlab 3 ming dollarni qo‘lga kiritadi va qolganini ham tezroq berishini
talab qiladi. 20-may kuni Samarqand shahar Bedil ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor tadbir
davomida arizachidan ushbu ayol va erkak tovlamachilik yo‘li bilan 4 ming AQSh dollari
miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Keyingi holatda ham tovlamachi ushlandi. 33 yoshli shaxs turmushidan ajrashgan
37 yoshlardagi ayol bilan ishqiy munosabatlarda bo‘lib kelgan. O‘sha jarayonlarni g‘arazli niyatlarda video tasvirga tushirgan va ijtimoiy
tarmoqlarga tarqatish bilan qo‘rqitib, dastlab undan tovlamachilik yo‘li bilan
3.500 AQSh dollari miqdorida pul olgan. Mazkur shaxs jinoiy faoliyatini davom ettirib,
tasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan. Alal-oqibat ushbu fotosuratlarni o‘chirish
evaziga yana 10 ming AQSh dollari miqdorida pul talab qilgan.
Joriy yilning 25-may kuni Samarqand tumani Badal qishlog‘ida o‘tkazilgan tezkor
tadbir davomida tovlamachi arizachidan
7.5 ming AQSh dollari hamda 2 ming yevro miqdoridagi pullarni olayotgangan vaqtida Samarqand
viloyati IIB TQX JQB UJQKB xodimlari tomonidan daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holatlarning barchasi hujjatlashtirilgan va jinoyat sodir etgan shaxslar
tegishli tartibda qamoqqa olingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.