19 Avgust 2021 yil 707

Тezkor-texnik tadbirlar natijasida 3 nafar qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi

Oʻzbekiston Respublikasi IIV hamda Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv hamkorligi boʻlimi hodimlari tomonidan hamda Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv hamkorligi boʻlimi hodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-texnik va tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-modda 4-qismi bilan qidiruvda boʻlgan, Urgut tumani Oʻrtaguzar MFY da yashovchi 1980-y.t., A.R. Bulungʻur tumani hududidan ushlandi.

Shuningdek, Margʻilon shahar prokuraturasi ish yurituvida boʻlgan jinoyat ishi yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 184-moddasi 3-qismi va 189-modda 1-qismi bilan ehtiyot chorasi qamoqqa olish bilan qidiruvda boʻlgan 1991-y.t., A.B. Margʻilon shahar hududidan ushlandi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi IIV TQHB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-texnik va tezkor-qidiruv tadbiri davomida, Jizzax shahar IIO FMB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 167-modda 3-qismi bilan qidiruvda boʻlgan 1988-y.t., M.T. Toshkent shahar hududidan ushlandi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech