24 Oktyabr 2023 yil 4498

TINCHLIK POSBONLARI BAYRAM MUBORAK!

Insonning tug‘ilgan joyi xoh sahro, xoh bog‘u-bo‘ston bo‘lsin o‘zi uchun Vatan deb nomlangan tuproqni har tomonlama obod va ozod asrash, 
himoya qilish naqadar oliy va muqaddas burch, balki o‘z o‘rnida sharaf hamdir.

25-oktabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni. Vatan himoyasi yo‘lida xizmat qilishni oliy saodat va yuksak g‘urur deb bilgan, o‘z oromi va 
halovatidan kechib el osoyishtaligini ta’minlayotgan soha xodimlarini kasb bayrami bilan muborakbod etamiz.

Bugun O‘zbekistondagi tinchlik, osoyishtalik, rivojlanish va farovonlik nafaqat dunyodagi boshqa xalqlarning havasini keltirmoqda, balki bu xalqaro ekspertlar 
e’tirofiga ham sazovor bo‘lmoqda.

Turli xavf-xatarlar, murakkab vaziyatlarga qaramasdan, zimmalariga yuklatilgan vazifalarni sharaf bilan bajarayotgan osoyishtaligimiz posbonlarining 
xizmati tahsinga munosib. 

Bu esa yurt farovonligi va xalqimiz tinchligi yo‘lida fidokorona xizmat ko‘rsatishning eng oliy namunasidir deb aytsak, mubolag‘a bo‘lmas.

Ichki ishlar idoralari xodimlari bor ekan kunlarimiz osuda, tunlarimiz xotirjam. Siz yurtimizning buguni va ertasiga, tinchligi va saodatiga mas’ul qalqonlarsiz. 
Sizning jasurligingiz va matonatingiz yosh avlod uchun ibrat maktabidir.

Mamlakatimiz osoyishtaligi yo‘lida olib borayotgan mas’uliyatli kasb egalariga sog‘lik, oilaviy baxt tilaymiz!

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Rahmat Mamatov

Text to speech