12 Sentyabr 2023 yil 1890

Triatlon bo‘yicha “Challenge Samarkand” xalqaro musobaqasi hamda O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi munosabati bilan Samarqand shahrining qator ko‘chalarda avtomobil harakati vaqtinchalik cheklanadi

2023-yilning 16 va 17-sentabr kunlari Silk Road Samarkand sayyohlik majmuasida triatlon bo‘yicha ilk bor “Challenge Samarkand” xalqaro musobaqasi hamda O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan Samarqand shahrining quyidagi yo‘nalishlarda  avtotransport vositalarining harakatlanishi vaqtinchalik cheklanadi:

Shohizinda ko‘chasining Shohzinda-Usta Umar Jo`raqulov ko‘chalari chorrahasidan, Shohizinda-M-37A avtomobil yo‘li chorrahasigacha bo‘lgan qismi;

Rudakiy ko‘chasining Rudakiy-Ibn Sino ko‘chalari chorrahasidan, Siyob bozorigacha bo‘lgan qismi;

Nomozgoh ko‘chasining Nomozgoh-Gulobod ko‘chalari chorrahasidan, Nomozgoh-X.A.Vali ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;

S.Ayniy ko‘chasining S.Ayniy-X.A.Vali ko‘chalari chorrahasidan, S.Ayniy-Usta Umar Jo`raqulov ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;

Registon ko‘chasining Registon-Universitet hiyoboni ko‘chalari chorrahasidan, Registon–So‘zangaron ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;

Universitet hiyoboni ko‘chasining Universitet hiyoboni-Registon ko‘chalari chorrahasidan, Universitet hiyoboni–Gulobod ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;

Ibn Sino ko‘chasining Ibn Sino-Dahbet ko‘chalari chorrahasidan, Ibn Sino–Rudakiy ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;

Ibn Sino-Daxbed ko‘chalari chorrahasidan Dahbed ko‘chasi, M-37A yo‘li bo‘ylab M-37A yo‘li kechishmasigacha (aylanma yo‘lni qamragan holda) bo‘lgan qismi;

M-37A avtomobil yo‘lining 33-41 km.lari oralig‘ida transport vositalarini harakati bir tomonlama tashkil etiladi.

Musobaqa davomida tranzit harakatlanuvchi transport vositalarining harakati quyidagicha tashkil etiladi:

Toshkent-Navoiy yo‘nalishiga M-39 - 4R-48 avtomobil yo‘llari chorrahasidan 4R-48, 4K-493V avtomobil yo‘llari orqali harkatlanish tavsiya etiladi.

Kitob-Toshkent yo‘nalishiga M-39, M-37A avtomobil yo‘llari chorrahasidan M-37A avtomobilь yo‘li orqali harakatlanish tavsiya etiladi.

Qarshi-Toshkent yo‘nalishiga A-378 – M-37A avtomobil yo‘llari kesishgan qismida tashkil etilgan aylanma harakatdan M-37A avtomobil  yo‘li orqali  harakatlanish tavsiya etiladi.

Toshkent-Kitob yo‘nalishiga M-37 – M-37A avtomobil yo‘llari chorrahasidan M-37A avtomobil yo‘li orqali harakatlanish tavsiya etiladi.

Toshkent-Qarshi yo‘nalishiga M-37 – M-37A avtomobil yo‘llari chorrahasidan M-37A avtomobil yo‘li orqali  harakatlanishingiz tavsiya etiladi.

Hurmatli samarqandliklar va shahrimiz mehmonlari tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun yuzaga kelayotgan vaqtinchalik noqulayliklarni to‘g‘ri tushungan holda, havfsizlikni ta'minlayotgan huquq tartibot organlari xodimlarining talablarini aniq bajarishingizni so‘rab qolamiz!

Text to speech