O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish Akademiyasi bakalavriyatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha e’lon
O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish Akademiyasi bakalavriyatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga 2023/2024-o‘quv yili uchun o‘qishga hujjat topshirish istagida bo‘lgan fuqarolar 2023-yilning 15-may kuniga qadar (soat 09:00 dan 18:00 gacha) Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Kasbiy tayyorgarlik bo‘limiga murojaat etishlari mumkin.
Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
- Samarqand viloyatida doimiy ro‘yxatda bo‘lishi;
- Yoshi o‘n yettidan kichik va yigirma beshdan (muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘taganlarning yoshi esa yigirma oltidan) katta bo‘lmasligi;
- O‘rta (11-sinf), o‘rta-maxsus va professional ma’lumotga ega bo‘lishi;
- Erkak nomzodlarning bo‘yi 165 santimetrdan, ayol nomzodlarning bo‘yi 160 santimetrdan past bo‘lmasligi talab etiladi.
Tanlov shartlari:
Tanlov to‘rt (dastlabki tanlov, maxsus psixologik tanlov, yozma imtihon (diktant) va test sinovi) bosqichdan o‘tkaziladi.
Dastlabki tanlov nomzodlarning hujjatlarini to‘plash va o‘rganish (maxsus o‘rganish) hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, hududiy ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maxsus psixologik tanlov, yozma imtihon (diktant) va test sinovlari oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilishi.
Eslatma: belgilangan kunlardan keyin murojaat etgan fuqarolar, nomzodlar ro’yxatiga kiritilmaydi.
Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand shahar, Bo‘stonsaroy ko‘chasi
89-uy. Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi binosi.
Murojaat uchun telefon: +99866-223 59 51, +99866-223 59 41, +99898-365 15 51.