1 Iyun 2025 yil
1323
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Belgilangan jadvalga muvofiq, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabulda ichki ishlar organlari bilan bog‘liq bir qator muammo va masalalar tinglanib, belgilangan tartibda ro‘yxatga olindi.
Yechimi muddat talab qiladigan masalalar Ichki ishlar boshqarmasining mas’ul xodimlari ish yurituviga berilib, har bir murojaat o‘z vaqtida va holisona ko‘rib chiqilishi yuzasidan topshiriqlar berildi.
Shuningdek, ayrim murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammoli masalalar yechimini topishga ko‘maklashildi.