Viloyat Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Ishga joylashish, yo‘llarni ta’mirlash, kadastr muammosida amaliy yordam, o‘zaro janjalli vaziyat, firibgarlik, avtomashina oldi-sotdisi, aliment undirish kabi murojaatlar viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov ishtirokidagi fuqarolar qabulida atroflicha eshitildi. Boshqarma boshlig‘i muammolar yechimi muddat talab qilishini ta’kidlar ekan, aksariyatiga shu yerning o‘zida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Yuzma-yuz qabulda qayd etildiki, bugun inson manfaatlarini ta’minlash, ularning mavjud muammolariga ko‘maklashish har bir mutasaddi rahbarning asosiy vazifasi, murojaatlar ijrosiga alohida yondoshuv kerak. Fuqarolar idorama-idora sarson bo‘lib yurmasligi lozim.
Asosiy e’tibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan arizalar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.