13 Aprel 2025 yil 573

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, aholi bilan ochiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish bugunning dolzarb vazifalaridan biri. Aholi murojaatlarini tinglash, o‘rganish va hal etish maqsadida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Rahmat Mamatovning navbatdagi  qabuli o‘tkazildi. Unda turli mavzudagi murojaatlar eshitildi. 

Qabulda 25 nafar fuqaroning murojaati eshitilib, ularning qonuniy ijrosi nazoratga olindi.

Muammoning katta-kichigi bo‘lmaydi, gap unga munosabat, yechimida. Masalaning ichiga chuqurroq kirilsa, ijobiy hal etish choralari topiladi, - dedi Boshqarma boshlig‘i soha mutasaddilariga.

Aksariyat murojaatlar pul oldi-berdisi bilan bog‘liqligi, o‘zganing ishonchiga kirib aldov yo‘li bilan pul olib, vaqtida qaytarmaslik yoki xorijga chiqib ketish holatlari ko‘payganligi, buning uchun targ‘ibot tashviqot ishlarini kuchaytirish yuzasidan ham mas’ullarga topshiriqlar berildi. 


Text to speech