Viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatovning “Yangi yil bayrami” tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligi hamda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganishlari davom etmoqda
Samarqand viloyati IIB boshligʻi
polkovnik Rahmat Mamatovning
viloyatdagi huquqni muhofaza
qiluvchi organlar rahbarlari,
hamkor tashkilot va idoralar
vakillari bilan birgalikda “Yangi yil
archasi” atrofida fuqarolar
xavfsizligi hamda jamoat
tartibini saqlash bo‘yicha olib
borayotgan o‘rganishlari
davom etmoqda.
Bu galgi o‘rganishlar davomida
Samarqand shahrida o‘rnatilgan
“Yangi yil archalari” atrofida
xizmat olib borayotgan xodimlarning
faoliyati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar davomida
bayram tadbirlarini oʻtkazishda
viloyat huquqni muhofaza qiluvchi
organlar va boshqa mutasaddi
tashkilotlar xodimlar xizmatni
oʻzaro hamkorlikda tashkil etishi,
ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan
joylarda xavfsizlik choralarini
kuchaytirish hamda boshqa
masalalar yuzasidan masʼul
rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati