Viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov huzurida mahallalarda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
Yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli Qaroriga muvofiq, viloyatning barcha mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish hamda huquqbuzarliklarni barvaqt olidini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi.
Har bir mahallada xavfsizlikni ta’minlash borasida ishlab chiqilgan yo‘l xaritalarida belgilangan vazifalarni to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi lozimligi Boshqarma boshlig‘i tomonidan alohida ta’kinlandi.
Shuningdek, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida viloyat hududida sodir etilgan jinoyatlar va ularning sabab va sharoitlari tanqidiy ko‘rib chiqilib, xizmat faoliyatida kamchilikka yo‘l qo‘ygan rahbar va xodimlarga tegishli choralar qo‘llanilishi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.