15 Noyabr 2022 yil 555

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazidagi bolalarga quvonch ulashildi

Samarqand viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari - Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi podpolkovnik Xondamir Umarov tomonidan viloyat IIB JXX HPBga bevosita boʻysinuvchi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida qoʻshimcha oʻrganishlar oʻtkazilib, Markazda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar koʻzdan kechirildi.

Bolalar bilan suhbat oʻtkazilib, ularning muammo va takliflari oʻrganildi.

Ularning markaz kutubxonasi uchun qiziqarli badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash borasidagi takliflari qoʻllab-quvvatlanib, bolalar uchun kitoblar jamlanmalari va yumshoq oʻyinchoqlar sovgʻa qilindi.

Text to speech