O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i polkovnik Ya.A.Abdulxakov Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ya.Abdulxakov Samarqand viloyatiga tashrifi davomida, Urgut tumanida bo‘lib, tuman IIB rahbariyati, sektor rahbarlari va tuman “Jamoatchilik kengashi” faollari bilan uchrashib, ular bilan IIBda amalga oshirilayotgan ishlar hamda tumandagi kriminogen vaziyat yuzasidan o‘zaro suhbatlashdi.
Shundan so`ng, tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limida xizmat qilayotgan tergovchi va surishtiruvchilar bilan uchrashib, mamlakatimizda sud-huquq sohasida, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar hamda xodimlarning bilim darajasi yuzasidan savol-javob tarzida o‘zaro suhbatlashdi.
So‘ngra, sektor rahbarlari bilan birga “Chorchinor” mahallasi “beshligi” va faollari bilan uchrashib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida, polkovnik Ya.Abdulxakov Toyloq va Jomboy tuman IIBlarida bo‘lib, tergov bo‘linmalarida xizmat qilayotgan tergovchi va surishtiruvchilar bilan uchrashib, ularga yaratilgan shart-sharoitlar va ish faoliyati bilan tanishdi, masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Hozirda polkovnik Ya.A.Abdulxakovning Samarqand viloyatidagi tashrifi davom etmoqda.