12 Mart 2025 yil 1864

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyatining sayyor qabuli boʻlib oʻtdi

Odamlarning turmush darajasini yaxshilash, ular hayotida uchraydigan muammolarini kamaytirish bugun Hukumatimiz olib borayotgan siyosatning bosh maqsadiga aylangan.Oʻtkazilayotgan sayyor qabullar ana shu maqsad yoʻlida xizmat qilmoqda. 

Pastdarg‘om tumanida oʻtkazilgan qabul jarayonida fuqarolar tomonidan uy-joy, yoʻl ta'miri, aloqa va axborotlashtirish, kommunal sohadagi kamchiliklar va boshqa masalalarda yoʻllangan murojaatlar koʻrib chiqilib, bir qismi joyida ijobiy hal etildi.

Qolganlari tegishliligi boʻyicha mutasaddilarga yoʻnaltirildi. Shuningdek, ba'zilariga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Ilk marotaba pasport olayotgan bir guruh yoshlarga ID kartalari topshirildi.

Murojaatlarni ijobiy hal etilishi yuzasidan tegishli soha rahbarlariga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.


Text to speech