Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida mavjud bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlari bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida mavjud bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlari bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi !!!
Mazkur sohaga xizmatga kirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalari 2023-yil 30-yanvar kunidan 06-fevral kuniga qadar, shu jumladan 06-fevral kuni ham qabul qilinadi. Belgilangan vaqtdan so‘ng fuqarolardan arizalar qabul qilinishi to‘xtatiladi !!!
Xizmatga qabul qilish parametrlari:
Tanlovda, ixtiyoriy tartibda yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan yoshdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham, Samarqand viloyatida doimiy ro‘yxatda turuvchi, Toshkent Davlat transport institutini hamda boshqa oliy ta’lim muassasalarining “yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi ta’lim yo‘nalishi; avtomobillar va avtomobil xo‘jaligi mutaxassisligi; avtomobil yo‘llari va aerodromlar ta’lim yo‘nalishi; ko‘priklar, to'nnellar va metropoliten qurilishi mutaxassisligi; avtomobil transporti, yo‘l qurilish mashinalari va jihozlarining ekspluatatsiyasi ta’lim yo‘nalishi; transport inshootlarining ekspluatatsiyasi ta’lim yo‘nalishi; qiymat injiniring ta’lim yo‘nalishi; shahar yo‘llari va ko‘chalari ta’lim yo‘nalishi; kasbiy ta’lim-avtomobil va aerodromlar; kasbiy ta’lim-transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash ta’lim yo‘nalishi; menejment-avtotransport bo‘yicha ta’lim yo‘nalishi; marketing-avtotransport bo‘yicha ta’lim yo‘nalishi; transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash ta’lim yo‘nalishi; tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi ta’lim yo‘nalishi; elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (avtomobil transporti) ta’lim yo‘nalishi; xizmat ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi; xizmatlar sohasi (avtotransport bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi; ekologiya va atrof muhit muhofazasi (avtotransport bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi; bino va inshootlar qurilishi mutaxassisligi ta’lim yo‘nalishi; harakat xavfsizligi tashkil etish mutaxassisligi; ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish mutaxassisligi; ko‘tarish, tashish va yo‘l qurilish mashinalari ta’lim yo‘nalishi; huquqiy ta’lim sohasi; harbiy ta’lim” yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lgan yoki hozirda sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha boshqa mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan bo‘lsada, ammo o‘rta-maxsus ma’lumoti bo‘yicha “Yer usti transport tizimlari, transportlarda tashish va boshqarishni tashkil etish texnigi, avtomobilda yo‘lovchi va yuk tashish texnigi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish mutaxassisligi bo‘yicha” tamomlagan, muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmatni o‘tagan, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, bo‘yi 175 santimetrdan past bo‘lmagan hamda haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan erkaklar ishtirok etishlari mumkin.
Ichki ishlar organlari xizmatiga kirish istagini bildirgan nomzodlar quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.
- biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi;
- yaqin qarindoshlari (ota-ona, er-xotin, farzandlar, aka-ukalar, opa-singillar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari) biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi;
- o‘qish va ish (agar o‘qiyotgan yoki ishlayotgan bo‘lsa) joyidan tavsifnoma;
- nomzod tomonidan qo‘lda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
- anketa-ma’lumotnoma;
- harbiy guvohnoma;
- doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida ma’lumotnoma (bo‘yining balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda);
Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha tahsil olayotgan nomzodlar o‘qish joyidan ma’lumotnoma.
Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida mavjud bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimiga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar belgilangan kunlarda soat 09:00 dan 18:00 ga qadar Samarqand viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga kelishlari so‘raladi.
Tanlovlar nomzodning xohishiga ko‘ra davlat, qoraqalpoq yoki rus tillarida o‘tkaziladi.
Murojaat uchun telefon 66-223-59-41; 66-223-59-39.