27 Aprel 2024 yil 1100

Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasining joriy yilning 3 oyidagi faoliyati yuzasidan sarhisob yig‘ilishi o‘tkazildi

Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i Eldor Alqarov, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi viloyat bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Farrux Yusupov va shaxsiy tarkib xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda sohada erishidgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilish tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi. Qayd etildiki, xodimlar belgilangan ob’yektlarda turistlarga malakali va sifatli xizmat ko‘rsatishi, xorijiy va mahalliy sayyohlar xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish lozim. 

Shuningdek, xodimlar oldida turgan burch va majburiyatlar, ularning o‘z xizmatiga vijdonan yondashishlari lozimligi ta’kidlandi.

Korrupsiyaning oldini olish, ta’magirlikka yo‘l qo‘ymaslik, belgilangan tartib va me’yorlarni buzmaslik to‘g‘risida ham fikrlar bildirildi.

Sohadagi dolzarb masalalar, yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklar tahlil qilinib, ustuvor vazifalar belgilandi.

Text to speech