7 May 2024 yil 997

Xizmat intizomiga rioya etish masalalari muhokama qilindi


Samarqand viloyati IIB boshligʻi o'rinbosari podpolkovnik Umid Utayev tomonidan Yo'l harakati xavfsizligi xizmati tizimida xizmat qilib kelayotgan xodimlar hamda ularning ota-onalari bilan xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish masalalariga bag'ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

 

Tadbir davomida har bir xodimlar xizmat intizomi va qonunchilikka qat`iy rioya etishi, poraxo'rlik va ta'magirlikka qarshi murosasiz bo'lishlari lozimligi xususida so‘z bordi.

 

Xizmatida yuqori natijalarga erishib kelayotgan bir guruh xodimlar Boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Shuningdek Ichki ishlar vazirligining amaldagi buyruqlari talablariga so’zsiz rioya etish shartligi taʼkidlanib, bu bo’yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

Text to speech